Julian Alvares 'Arsenal' taklifini rad etdi
Julian Alvares oilasidagi viza muammolari sababli «Arsenal»ning 125 million yevrolik taklifini rad etdi va Ispaniyada qolishga qaror qildi.
🚨 Ariel Senosayn — Julian Alvaresning yaqin doiralariga yaqin jurnalist:
Julian Mikel Artetaga «YO'Q» deb javob berdi. Vaholanki, «Arsenal» futbolchi uchun 125 million yevro + 10 million yevro bonus to'lashga tayyor edi. «Atletiko» esa ushbu taklifni qabul qilishga tayyor bo'lgan.
Rad etish sababi Alvaresning ota-onasidagi viza muammolari bilan bog'liq, shu bois u hozircha Ispaniyada qolishga qaror qildi.
Shu bilan birga, «Arsenal» hamon o'yinchi uchun kutishga tayyor.