Ashley Young: Antonio Conte bilan ishlash oson emas
Ashley Young Antonio Conte'ning murabbiylik uslubi va uning Manchester United'ga kelishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ashley Young Antonio Conte'ning Manchester United'ga kelishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Agar ular yugurishni istashmasa va u yerga Antonio Conte kelsa – bu halokat bo'ladi. Uning qo'l ostida siz juda ko'p yugurishingizga to'g'ri keladi, hayotingizdagi eng yaxshi jismoniy holatda bo'lasiz.
Men uning qo'l ostida shug'ullanganman. Mashg'ulotlarda 11 ga 11 o'yinlar ko'p bo'lardi – ba'zida hatto biroz zerikarli ham tuyulardi.
Yig'ilishlar uzoq davom etardi. «Uzoq» deganda, mag'lubiyatdan so'ng darhol tahlilga o'tishimizni nazarda tutyapman – bunda qolgan hamma narsa to'xtatib qo'yilardi. U yerda uch-to'rt soatlab o'tirib qolish mumkin edi.
U ruhiy jihatdan sinab ko'rishga urinadi – bunda ham rahbariyatni, ham egalarini ham. O'ylaymanki, aynan shu sababli u vaqt o'tishi bilan odamlarning asabiga tegishni boshlaydi.