Aziz Yildirim Ismoil Kartalning «Fenerbaxche»dagi kelajagi haqida gapirib, murabbiy o'z lavozimida qolishini tasdiqladi.
Aziz Yildirim Ismoil Kartal «Fenerbaxche» bosh murabbiyi lavozimida qolishini ma'lum qildi:
Hech kimimiz iste'fo haqida bilmasdik. Agar u iste'foga chiqmoqchi ekanini bilganimda, bu yerga kelarmidim? Biz Chempionlar ligasiga chiqamiz degandik va bunga erishdik. Kim bilan erishdik? Ismoil Kartal bilan. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Agar unga qandaydir futbolchilar kerak bo'lsa, biz rahbariyat sifatida u bilan gaplashib, buni amalga oshirishga harakat qilamiz. Ismoil Kartal hamon bosh murabbiy. Ismoil Kartal men ketmagunimcha bosh murabbiy bo'lib qoladi. Men ketmagunimcha u bu yerdan keta olmaydi.
Fenerbahche prezidenti Aziz Yildirim Uotkinsning transferi bo'yicha muzokaralar haqida gapirdi.
Fenerbahche prezidenti Aziz Yildirim:
Biz Uotkinsning transferi ustida bir oy davomida ishladik. U "Turkiyaga kelishni istamasligini" aytdi. Klub ham uni sotmadi. Transfer oynasining so'nggi kunida u Saudiya Arabistoniga 60 million yevro evaziga va juda yuqori maosh bilan o'tdi.