«Fenerbaxche» Rafael Leauni doimiy transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda. «Milan» futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.
🚨 Longari va Moretto xabariga ko'ra, «Fenerbaxche» Rafael Leauni doimiy transfer qilish va buning uchun tovon puli to'lash variantini ko'rib chiqmoqda.
«Milan» futbolchi uchun taxminan 50 million yevro talab qilmoqda, biroq turklar narxni tushirishga harakat qilishlari mumkin. Yakuniy qarorni yaqin kunlarda Ismoil Kartal qabul qiladi.
Aziz Yildirim Ismoil Kartalning «Fenerbaxche»dagi kelajagi haqida gapirib, murabbiy o'z lavozimida qolishini tasdiqladi.
Aziz Yildirim Ismoil Kartal «Fenerbaxche» bosh murabbiyi lavozimida qolishini ma'lum qildi:
Hech kimimiz iste'fo haqida bilmasdik. Agar u iste'foga chiqmoqchi ekanini bilganimda, bu yerga kelarmidim? Biz Chempionlar ligasiga chiqamiz degandik va bunga erishdik. Kim bilan erishdik? Ismoil Kartal bilan. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Agar unga qandaydir futbolchilar kerak bo'lsa, biz rahbariyat sifatida u bilan gaplashib, buni amalga oshirishga harakat qilamiz. Ismoil Kartal hamon bosh murabbiy. Ismoil Kartal men ketmagunimcha bosh murabbiy bo'lib qoladi. Men ketmagunimcha u bu yerdan keta olmaydi.
Fenerbaxche bosh murabbiyi Ismoil Kartal jamoaning Chempionlar ligasiga chiqish maqsadi haqida gapirdi.
Ismoil Kartal:
"Muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bizni hech qachon yolg'iz qoldirishmaydi va aqlbovar qilmas darajada qo'llab-quvvatlashadi. Biz 18 yildan so'ng Chempionlar ligasiga chiqib, ularni xursand qilmoqchimiz. Chempionlar ligasida o'ynash qiyin, ammo biz buni uddalaymiz."