Feyenoord tarkibni tozalashni boshladi
De Telegraaf xabariga ko'ra, "Feyenoord" besh nafar futbolchisini transferga qo'ydi. Ular munosib taklif bo'lsa, klubdan ketishlari mumkin.
"Feyenoord" tarkibni tozalashga kirishdi. De Telegraaf xabariga ko'ra, klub bir yo'la besh nafar futbolchini transferga qo'ydi.
Luka Ivanushets, Bart Nyukop, Jordan Lotomba, Kasper Tengstedt va Neraysho Kasanviryo munosib taklif tushgan taqdirda "De Kyuyp"ni tark etishlari mumkin.