Hansi Flik «Barselona» mashg'ulotlar tizimini o'zgartirdi
Hansi Flik «Barselona» mashg'ulotlar tizimini o'zgartirdi. Murabbiy Benjamin Kugel futbolchilar uchun yangi kuch mashqlarini joriy etdi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Xansi Flik «Barselona»ning jismoniy tayyorgarlik yondashuvini o'zgartirdi.
Yangi murabbiy Benjamin Kugel elastik tasmalar o'rniga og'irliklar bilan bajariladigan kuch mashqlariga urg'u berdi.
Futbolchilar hatto o'yinlardan keyin ham og'irliklar bilan shug'ullanishmoqda, klub esa safar o'yinlariga o'zining maxsus jihozlarini olib bormoqda.