Pitchwise Holdings va Kiat Lim 'Valensiya'ni birgalikda boshqaradi
Tribuna Deportiva nashri Pitchwise Holdings va Kiat Lim o'rtasidagi 'Valensiya'ni boshqarish bo'yicha kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi.
🔍🦇 INSAYD: PITCHWISE HOLDINGS BILAN KELISHUVNING BARCHA TAFSILOTLARI! (1/2-qism) 💼
Tribuna Deportiva nashri yangi investorlarga yaqin manbalar bilan suhbatdan so'ng bitimning asosiy tafsilotlarini bo'lishdi:
‼️ Birgalikda boshqaruv: Klub boshqaruvi Pitchwise va Kiat Lim o'rtasida birgalikda amalga oshiriladi — aksiyalar foizidan qat'i nazar, chunki strategik qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqisiz hech kim bunday yirik investitsiyalarni amalga oshirmaydi.
💼 Kirish sababi: Pitchwise'ning asosiy motivi — 'Valensiya'ning kelgusi yillardagi ulkan salohiyati.
🔜 Asosiy maqsad — Chempionlar Ligasi: Klub barqarorlikka va asta-sekin Chempionlar Ligasiga qaytishga intilmoqda. Yangi investorlar Braulio'ga to'liq ishonishadi va uning 3 yillik shartnomasini qo'llab-quvvatlashdi.
🔎 Valensiyadagi ishtirok: Pitchwise vakillari jarayonlarni monitoring qilish uchun shaharda muntazam ravishda bo'lishadi, ammo dastlabki bosqichda u yerda doimiy yashashni rejalashtirishmayapti.
📅 Uzoq muddatli loyiha: Bular tezkor foyda uchun emas, balki uzoq muddatga mo'ljallangan investorlardir. Ulushni hozirda 42 foizdan oshirish rejalashtirilmagan.