Pyer Les-Melu «Parij» klubi sardori etib tayinlandi
Pyer Les-Melu «Parij» klubining yangi sardori etib tayinlandi. Futbolchi matbuot anjumanida murabbiy Rozenyor haqida iliq fikrlar bildirdi.
🚨 Pyer Les-Melu joriy mavsumda «Parij» klubining sardori bo'ladi.
Matbuot anjumanida Les-Melu bosh murabbiy Rozenyor haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Murabbiy maydonda yaxshi o'yin ko'rsatishimiz uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. U detallarga juda e'tiborli. Murabbiylar orasida mayda detallarga bunchalik katta e'tibor qaratadigan mutaxassisni kamdan-kam ko'rganman.»