#Pyer Les-Melu — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Trua 0:0 Parij FK: Liga 1 doirasidagi bahsli durang

Trua 0:0 Parij FK: Liga 1 doirasidagi bahsli durang

Liga 1 doirasidagi Trua va Parij FK o'rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi. O'yin tafsilotlari va futbolchilarning harakatlari tahlili.

Trua 0:0 Parij FK | 1-tur

Hujum chizig'i haqida gapiradigan bo'lsak, dastlabki 30 daqiqada u unchalik sezilmadi, biroq mezbonlarning uzoq davom etgan hujumlaridan so'ng, Parij tashabbusni qo'lga oldi va hujumga o'tdi. Koleosho shubhali o'yin ko'rsatdi, ammo 2 ta golli vaziyat yaratdi. Sinayoko tarkibda bor edi, biroq u butun o'yin davomida birorta ham zarba yo'llay olmadi. Kebbal esa har doimgidek sehrgar, o'yindagi eng xavfli vaziyatni aynan u yaratdi. Ammo ikkinchi bo'limda u ko'rinmay qoldi.

Yarim himoyaga kelsak, Pajis birinchi va ikkinchi bo'limda yaxshi taassurot qoldirdi, lekin 57-daqiqadagi fol o'z ta'sirini o'tkazdi va u maydonni tark etishga majbur bo'ldi, bu juda achinarli. Les-Melu markazda 90 daqiqa davomida yaxshi o'ynagan yagona futbolchi bo'ldi, unga nisbatan e'tirozlar yo'q. Matondo esa sifat jihatidan o'rtacha o'yin o'tkazdi.

Koppola, Mbou va Kamara yaxshi o'yin o'tkazishdi, biroq ular orasida Otavio ajralib turdi. Mezbonlarning ko'plab hujumlari aynan u orqali o'tdi, ammo u barchasini muvaffaqiyatli to'sib qo'ydi. Shu bois u parijliklar orasida eng yuqori bahoni oldi. Kevin Trapp darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, ammo raqib unga ko'p ish qoldirmadi — 2 ta zarba va 2 ta seyv.

Zaxiradan maydonga tushganlarga kelsak, o'yin oxirida 101 foizlik vaziyatdan foydalana olmagan Zabidan boshqa hech kim ajralib turmadi.

Keyingi turda, 30-avgust kuni o'z uyimizda Nitssa bilan to'qnash kelamiz. Ular ham ushbu turda 0:0 hisobida durang o'ynashdi. Allez Paris

O'ng ustun yangiliklari

Pyer Le-Melu bilan shartnoma uzaytirilmayapti

Pyer Le-Melu bilan shartnoma uzaytirilmayapti

Parij FK sardori Pyer Le-Melu klub unga hali ham shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif bermaganini ma'lum qildi.

⚠️ LE-MELU HALI HAM SHARTNOMANI UZAYTIRISH BO'YICHA TAKLIF OLMADI!

❔ "Parij" FK sardori Pyer Le-Melu klub unga hali ham shartnomani uzaytirishni taklif qilmaganini ma'lum qildi.

🔜 Uning amaldagi kelishuvi 2027-yilning iyunigacha mo'ljallangan, yanvar oyida esa — ya'ni bir yarim oydan so'ng — u yozda erkin agent sifatida boshqa klublarga o'tish uchun muzokaralar olib borishi mumkin bo'ladi.

Mazkur holat sardorning kelajagi borasida savollar tug'dirmoqda…