Joao Pedro: Qiyinchiliklar va muvaffaqiyat sari yo'l
Breaking the Lines nashri Joao Pedroning qiyinchiliklarga to'la bolaligi va futbol olamiga kirib kelishi haqida hikoya qildi.
Breaking the Lines nashri Joao Pedro haqida qiziqarli maqola e'lon qildi.
Futbolchining taqdiri haqiqiy drama. Joao bir yoshga to'lmasdan turib, otasi 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Onasi uni yolg'iz katta qilgan, o'g'lini futbolchi qilish uchun ba'zida och qolishga ham majbur bo'lgan.
10 yoshida u uydan 430 km uzoqlikdagi Fluminense akademiyasiga olib ketilgan. U yerda futbolchi uchun qiyin davr boshlangan: uni turli pozitsiyalarda sinab ko'rishgan, onasi esa barchasi besamar ketishidan qo'rqib, mashg'ulotlar bazasi avtoturargohida yig'lagan.
16 yoshida hujum chizig'iga o'tkazilgach, uning faoliyatida o'sish kuzatildi.
Hozirda uning qo'llarida onasi Flaviya va buvisi Dalvaning ismlari tatuirovka qilingan. U har bir o'yin oldidan o'sha qiyin damlarni, uydagi bo'sh likopchalarni va cho'qqiga chiqish yo'li boshlangan o'sha ko'z yoshlarni eslab, tatuirovkalaridan o'pib qo'yadi. 🥺