Liverpool darvozabon borasida rejasini o'zgartirishi mumkin
Liverpool Echo xabariga ko'ra, agar Nottingham Forest Mamardashvili uchun taklif yuborsa, Liverpool Bryugmans transferini tezlashtirishi mumkin.
Liverpool Echo nashri jurnalisti Pol Gorst xabariga ko'ra, Bryugmans bilan bog'liq vaziyat istalgan daqiqada o'zgarishi mumkin. Agar «Nottingem» transfer oynasi yopilgunga qadar Mamardashvili bo'yicha klub va futbolchi rad eta olmaydigan taklif bilan chiqsa, vaziyat o'zgaradi.
Bunday holda, belgiyalik darvozabonning transferi hoziroq amalga oshiriladi va u joriy mavsumdayoq Georgiyning o'rnini egallab, ikkinchi raqamli darvozabonga aylanadi. Bunga hech qanday to'siq yo'q – Bryugmans istalgan holatda bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.