Danilo Santos uchun kurash: «Kristal Pelas» va «Nyukasl» da'vogar
«Kristal Pelas» va «Nyukasl Yunayted» «Botafogo» yarim himoyachisi Danilo Santosni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
«Kristal Pelas» va «Nyukasl Yunayted» yana yarim himoyachi Danilo Santos uchun kurashga qo'shilishdi. 🏎️
Braziliya klubi 24 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro (26 million funt sterling) miqdorida narx belgiladi. 🤑
RTI Esporte xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.