Denver Xyum faoliyatini yakunladi
Sanderlend tarbiyalanuvchisi Denver Xyum 28 yoshida faoliyatini yakunladi. O'tgan yili futbolchi og'ir jarohat olgandi.
💔 "Sanderlend" tarbiyalanuvchisi Denver Xyum (Tray Xyum bilan qarindosh emas) 28 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Chap qanot himoyachisi "qora mushuklar" safida 84 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O'tgan yili u bosh suyagi sinishi va miyaga qon quyilishi jarohatini olgandi.