Devid O'Liri Bukayo Saka haqida: "U avvalgi sport formasida emas"
Arsenal afsonasi Devid O'Liri Bukayo Sakaning hozirgi sport formasi va o'yin uslubi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi.
🎙️ Devid O'Liri (Arsenal safida 722 ta o'yin. Klubda 18 yillik faoliyat) Bukayo Sakaning so'nggi o'yinlari haqida:
"Agar rostini aytsam, u hozir o'zining eng yaxshi sport formasida deb o'ylamayman. U shubhasiz, avvalgi o'yinchi emas. Saka hamon yuqori darajadagi futbolchi, ammo u Arsenal unga shunday ajoyib yangi shartnoma taklif qilib, mamlakatning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirgan o'yinchi darajasiga mos kelyaptimi? Hozirgi vaqtda men bunday deb hisoblamayman.
Bilmayman, u bilan nima yuz berdi. Ammo jamoaga qaraganimda, ularning rivojlanayotganini, kimlar yaxshi o'ynayotganini va Deklan Rays kecha qanchalik ajoyib harakat qilganini ko'rib, Sakaning yana kuchayishi kerakligini tushunaman".
Bukayoning o'yin uslubi haqida:
"Bu yigit menga juda yoqadi. Ammo bir narsaga e'tibor qaratdim. Uning ulg'ayishini va hamma uning qanchalik yaxshi ekanligini bilishidan oldin asosiy jamoaga kirib kelishini kuzatganman. Va nazarimda, u hozir juda tez-tez yiqilmoqda.
O'ylaymanki, endi u yiqilish uchun raqib bilan kontaktni o'zi qidirmoqda. Men eslaydigan o'sha Saka esa ancha jasur va qat'iyatliroq harakat qilardi. U himoyachiga o'zini yiqitishiga yo'l qo'ymasdi. Umuman olganda, hech kimga bunga ruxsat bermasdi".
Bukayo Sakaning haftasiga 300 ming funt maoshli yangi shartnomasi haqidagi xabarlar haqida:
"U shubhasiz, avvalgi o'yinchi emas. Saka hamon yuqori darajadagi futbolchi, ammo u Arsenal unga shunday hashamatli shartnoma taklif qilib, mamlakatning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylantirgan o'yinchi darajasiga mos kelyaptimi? Hozirgi vaqtda men bunday deb o'ylamayman".