«Man Siti» 115 ta qoidabuzarlikda aybdor deb topildi
APL mustaqil komissiyasi «Man Siti»ni 115 ta qoidabuzarlikda aybdor deb topdi. Klub qarorga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
«Man Siti»ning FFP qoidalarini buzganlik bo'yicha 115 ta ayblov ishi bo'yicha advokati «Arsenal» muxlisi bo'lib chiqdi: Buyuk Britaniyaning eng yaxshi advokatlaridan biri lord Devid Pannik «Siti»ning APL bilan ko'p yillik sud jarayonlarida himoyasiga boshchilik qilgandi. Bugun liganing mustaqil komissiyasi «Siti»ni barcha qoidabuzarliklar bo'yicha rasman aybdor deb topdi: «Arsenal»ning barcha o'yinlariga mavsumiy chiptaga ega bo'lgan Pannikka «Man Siti»ni birorta band bo'yicha himoya qilish nasib qilmadi.
Klub esa qarorga rozi emasligini va apellyatsiya tayyorlayotganini ma'lum qildi: «Siti»ga beshinchi divizionga tushirib yuborilishgacha bo'lgan jazo xavf solmoqda.