Juventus Emerson Palmieri bilan qiziqmoqda
Santi Auna xabariga ko'ra, «Yuventus» «Olimpik Marsel» himoyachisi Emerson Palmieri bilan qiziqib qoldi.
Santi Auna xabariga ko'ra:
Emerson Palmieri «Yuventus»ning e'tiborini tortgan futbolchi. «Keksa sinyora» allaqachon «OM»dan mumkin bo'lgan transfer shartlari haqida ma'lumot so'ragan.
«Yuventus» chap qanot himoyachisini faqat ijara asosida tarkibiga qo'shib olishi mumkin, ammo bu faqat Xuan David Kabal jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshadi.
Boshqa klublar ham Emerson Palmieri bilan qiziqish bildirishi mumkin.