Emmanuel Petit: Bruno Jeneziyo — eng yaxshi fransuz murabbiyi
Emmanuel Petit Bruno Jeneziyoni fransuz murabbiylari orasida eng yaxshisi deb atadi va uning «OM»dagi ishini yuqori baholadi.
Emmanuel Petit:
«Mening nazarimda, Bruno Jeneziyo — bugungi kunda eng yaxshi fransuz murabbiyi. Bu mening fikrim. Nega? U har doim katta g'alabalarga erishadigan murabbiy bo'lishdan ko'ra, ko'proq qutqaruvchi bo'lgan. «Lion», «Renn», «Lill»: hamma joyda uning jamoalari Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan.
«OM» klubi qanday tanazzulga yuz tutganini ko'rganimda, u kelgan paytda transfer bozorida pul yo'qligini, barcha jarohat olgan futbolchilarni va mavsum boshida o'tkazishi kerak bo'lgan barcha muhim o'yinlarni hisobga olganda… Odamlarga ular omadsizlar jamoasi ekanligi va halokat sari ketayotgani uqtirilgandi. Sentyabr oyidagi natijalar ularni tanqid qilganlarning barchasi haq ekanligini tasdiqladi. Faqat u o'zi bu rol uchun mukammal darajada mos keladi.
U xotirjamlik va sovuqqonlikni saqlab qolishga hamda buni o'z futbolchilariga o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. U yosh futbolchilarga imkoniyat berdi, jamoani jonlantirishga va unga raqobat ruhini kiritishga harakat qildi. U soyada qolib ketgan futbolchilarni, masalan, Abdellini qaytardi.
U «OM»ning notinch muhitiga — hatto bitta sardina Eski portni to'sib qo'yishi va mistral shamoli bir zumda ko'tarilishi mumkin bo'lgan joyga — nafaqat juda zarur bo'lgan muvozanatni olib kirdi, balki qulash yoqasida turgan jamoaga yangi hayot bag'ishlashga ham muvaffaq bo'ldi.
«Bayer» — baribir kuchli jamoa. Nafaqat Bundesligada, balki Yevropa sahnasida ham. Bu jamoa muntazam ravishda Yevropa kuboklarida ishtirok etadi. Men ixcham o'rta blokda qurilgan va barcha o'yinchilar bir-biri uchun borini beradigan «OM» o'yiniga qaraganimda, men uchun asosiy muammo shundaki, jamoada rotatsiya o'tkazish uchun tarkib yetarlicha keng emas.»