#Entso Anginelli — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan ultrasining sobiq yetakchisi Luka Luchchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Milan ultrasining sobiq yetakchisi Luka Luchchi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Milan ultrasining sobiq yetakchisi Luka Luchchi 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va qotillikka urinish ayblovidan oqlandi.

"Milan" ultrasining sobiq yetakchisi Luka Luchchi yakunda 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va qotillikka urinish ishi bo'yicha oqlandi.

Milan apellyatsiya sudi "Doppia Curva" tergovi doirasida Curva Sud Milano yetakchilaridan biri bo'lgan Luka Luchchiga nisbatan qamoq jazosini 10 yildan 8 yilga qisqartirdi. Jazo muddatining qisqarishi advokatlar va ayblov tomoni o'rtasidagi kelishuv natijasi bo'ldi.

Shu bilan birga, Luchchi 2019-yilda o'qotar qurol yordamida hujumga uchragan "Milan" ultrasi Entso Anginelli qotilligiga urinish ayblovidan oqlandi. Luchchining advokati Yakopo Kappetta sud jarayoni yakunidan qoniqish hosil qilib, oqlash hukmini munosib natija deb atadi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.