#Luka Luchchi — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Milan muxlislari yetakchisi narkotik savdosida ayblandi

Milan muxlislari yetakchisi narkotik savdosida ayblandi

Milan ultrasining sobiq yetakchisi Luka Luchchi narkotik moddalarni Amazon kuryerlari yordamida yetkazib berganlikda ayblanmoqda.

"Curva Sud Milano"ning sobiq yetakchisi Luka Luchchi narkotik moddalarni yetkazib berishda Amazon kuryerlaridan foydalangan. Xalqaro narkotrafik uchun 18 yil-u 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Luchchi pandemiya davrida qariyb 7 million yevro daromad keltirgan jinoiy tarmoqni yo'lga qo'ygan. Bu haqda Milan sudi hukmi asosida ma'lum bo'ldi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil iyulidan 2021-yil martigacha Luchchi gashish va marixuana yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi jinoiy tashkilotni boshqargan. U Marokashdagi narkotik ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqada bo'lib, logistikani shaxsan nazorat qilgan.

Ushbu sxemaning o'ziga xos jihati Amazon kompaniyasida ishlagan ikki kuryerdan foydalanilgani bo'ldi. Tergov xulosasiga ko'ra, ular har bir safar uchun 500 yevro evaziga narkotiklarni xaridorlarga yetkazib berishgan. Ta'kidlash joizki, Amazon kompaniyasining ushbu tergovga hech qanday aloqasi yo'q.

Prokuratura versiyasiga ko'ra, jinoiy guruh umumiy og'irligi qariyb ikki tonna bo'lgan gashish va marixuana yetkazib bergan. Sxemaning umumiy aylanmasi taxminan 7 million yevroni tashkil etgan.

Bundan tashqari, Luchchi ultras faoliyati va qotillikka suiqasd bilan bog'liq jinoiy guruh ishi bo'yicha 10 yillik qamoq jazosini olgan. Hozirda uning faoliyati bilan bog'liq boshqa sud jarayonlari ham davom etmoqda.

O'ng ustun yangiliklari