Gabriel Jesus'ning "Napoli"ga o'tishi borasida bahslar
Jurnalist Raffaele Auriemma Gabriel Jesusning "Napoli"ga o'tishi mumkinligi borasida keskin fikr bildirdi.
🔥Gabriel Jesus'ning "Napoli"ga o'tishi mumkinligi atrofidagi bahslar
😤"Napoli"ning ashaddiy muxlisi bo'lgan jurnalist Raffaele Auriemma keskin fikr bildirdi:
"So'nggi to'rt yil ichida yiliga besh gol. Agar Gabriel Jesusning ko'rsatkichlari shunday bo'lsa, men Luccani olib qolgan bo'lardim. Nega biz Luccani olib qolmasligimiz kerak? Agar biz hujumchini ijaraga olsak — "Arsenal" buni qat'iyan istamayapti, qolaversa, gap shartnomasi yakunlanayotgan o'yinchi haqida ketmoqda. Ijara muddati tugagach, shartnomani uzaytirish kerak bo'ladi. Unga bu shartnomani kim taklif qiladi? "Napoli"mi?!"
"Bizning jamoada kuchli o'yinchi bor, chunki mening nazarimda, Lucca kuchli futbolchi. U 26 yoshda, chaqqon va jismoniy holati eng yuqori cho'qqida. Ammo Lucca yiliga besh gol ura oladimi? Agar u 20 ta o'yinda maydonga tushsa, o'ylaymanki, undan ham ko'proq gol uradi. Unda nima uchun biz 20 ta o'yinda atigi besh gol uradigan va buning ustiga 17 million yevro to'lashimiz kerak bo'lgan Gabriel Jesusni sotib olishimiz kerak?"