#Fabiu Vieyra — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Fabiu Vieyra va Bilal Nadir jarohat oldi

Fabiu Vieyra va Bilal Nadir jarohat oldi

Fabiu Vieyra va Bilal Nadir «Paderborn»ga qarshi o'yinda jarohat olishdi. Futbolchilarning safdan chiqish muddati noma'lum.

Fabiu Vieyra va Bilal Nadir noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Har ikki futbolchi «Paderborn»ga qarshi o'yinda son mushaklaridan jarohat olishdi.

Bu ma'lumot Athleticum tibbiyot markazida o'tkazilgan chuqur MRT tekshiruvlari natijalari bilan tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Nadirda qo'shimcha ravishda pay shikastlanishi aniqlangan, shu sababli uning tiklanish jarayoni portugaliyalik futbolchiga qaraganda ko'proq vaqt talab qilishi kutilmoqda.

Erik Xuver: "Gamburg" Fabiu Vieyra uchun kurashmoqda

Erik Xuver: "Gamburg" Fabiu Vieyra uchun kurashmoqda

"Gamburg" moliya direktori Erik Xuver Fabiu Vieyra transferi bo'yicha "Arsenal" bilan muzokaralar davom etayotganini ma'lum qildi.

🗣 Erik Xuver, "Gamburg" moliya direktori:

"O'tgan yili biz Fabiu Vieyraga biroz oshiq bo'lib qoldik. Xuddi har kuni u uchun kurashayotgandekmiz. Biz "Arsenal"ga aniq moliyaviy takliflar bilan chiqdik, ammo hozircha hech qaysi tomon yon berishga tayyor emas.

Biz Fabiu uchun o'z imkoniyatlarimiz doirasida juda raqobatbardosh taklif bera olishimizga ishonchimiz komil. Albatta, o'yinchi va "Arsenal" buni qabul qiladimi, yo'qmi, bizga qiziq. Agar ular rad etishsa, biz xotirjamlik bilan boshqa futbolchiga o'tamiz".

O'ng ustun yangiliklari

Fabio Vieira "Gamburg"ga o'tishi mumkin

Fabio Vieira "Gamburg"ga o'tishi mumkin

Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Gamburg" sport direktori Fabio Vieyrani transfer qilish uchun Londonga uchib ketdi.

Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Gamburg" sport direktori Klaus Kosta Fabio Vieyra bilan uchrashish uchun Londonga uchib ketdi.

Ma'lum qilinishicha, Kosta "Arsenal" direktori Andrea Berta bilan ham uchrashgan.

"Gamburg" Vieyrani o'z safiga qo'shib olish istagi qat'iy ekanini tasdiqladi va portugaliyalik yarim himoyachiga o'z hurmatini izhor etdi.

Klublar futbolchining transfer qiymati borasida hamon kelisha olmayapti, muzokaralar davom etmoqda.