Sevilla bir nechta futbolchi transferi ustida ishlamoqda
«Sevilya» klubi transfer oynasi yakunlanishi arafasida bir nechta futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Santi Auna xabariga ko'ra, «Sevilya» va «Oser» «Torino» qanot hujumchisi Zakariya Abuxlalni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
L’Équipe ma'lumotiga ko'ra, «Sevilya» «Lill» bilan chap qanot hujumchisi Feliks Korreani sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
AS yozishicha, «Sevilya» «Chelsi»ning braziliyalik hujumchisi Devid Vashington bilan bog'liq variantga qaytdi. Futbolchi bir yillik ijaraga o'tishi mumkin. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.