Anan Xalailining «Kristal Pelas»ga o'tishi tasdiqlandi
«Yunion» bosh direktori Filipp Bormans Anan Xalailining «Kristal Pelas»ga o'tishini tasdiqlab qo'ydi.
✔️ «Yunion» bosh direktori Filipp Bormans Anan Xalailining «Kristal Pelas»ga transferi yakunlanganini bilmagan holda tasdiqlab qo'ydi:
🗣️ | «Anan Xalailini yorqin kelajak kutib turibdi. Uning Premer-ligada o'ynash uchun kerakli jismoniy ma'lumotlari bor. Anan bu qadamga tayyor. U bizga kelganida katta umidlar bildirilgan edi va bosim juda yuqori edi — uning bizning eng qimmat xaridimiz bo'lganini unutmaslik kerak. Ammo Anan, jumladan Chempionlar ligasidagi o'yinlari orqali ham Premer-ligada muvaffaqiyat qozonish uchun zarur jismoniy imkoniyatlarga ega ekanligini isbotladi».