Leeds United Konrad Harder transferi ustida ishlamoqda
Lids hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Konrad Xarder transferi ustida ishlamoqda. Futbolchiga Latsio va Galatasaroy ham qiziqish bildirmoqda.
Filipp Xintse (Sky Germany) xabariga ko'ra:
Lids transfer oynasi yopilgunga qadar Konrad Xarderni tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu oqlar hujum chizig'ini kuchaytirish uchun variantlardan biri hisoblanadi.
Latsio va Galatasaroy daniyalik hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. RB Leyptsig esa ham ijara, ham to'liq transfer variantlariga ochiq.