Freddi Guarin: «Inter» yuragimda qoldi, ammo alkogol va depressiya meni tubsizlikka tortdi»
Sobiq futbolchi Freddi Guarin «Inter»dagi faoliyati, alkogolga qaramlik va depressiya bilan bog'liq og'ir damlari haqida gapirib berdi.
«Inter» qalbimda qoldi, afsuski, o'z imkoniyatlarimni maksimal darajada namoyish eta olmadim. Men har doim sodiq bo'lganman, hatto «Yuventus»ga o'tishimga sal qolganda ham. Men ketishni xohlamagan edim. Konte meni o'z jamoasida ko'rishni istagandi. Hammasi qanday yakunlanganidan qattiq qayg'udaman. Men barcha maqsadlarimni, ham futbol, ham shaxsiy rejalarimni barbod qildim. Men butunlay alkogol ta'siriga tushib qolgandim. «Inter» safida o'ynab yurgan kezlarimdayoq yolg'iz holda ichardim. Kompaniya uchun emas, bu shunchaki qaramlik edi. Men buni hamma joyda qilardim: uyda, restoranda, mashg'ulotlardan keyin va o'yinlardan so'ng. Bir necha bor o'z jonimga qasd qilish xavfiga duch keldim, nazoratni yo'qotib qo'ygandim. Depressiya va alkogol — bu seni do'zaxga tortadigan ikki yirtqichdir. Men tubsizlikka yetib bordim, ammo hozir asta-sekin o'zimni tiklab boryapman».
— Freddi Guarin.