Freytash: Vinisiusning «Real» bilan shartnoma uzaytirishi romantik komediya trilogiyasiga o'xshaydi
Roc Nation direktori Freytash Vinisiusning «Real» bilan shartnoma uzaytirishi va futbolchining klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Freytash (Vinisiyus, Endrik va Diomande manfaatlarini himoya qiluvchi Roc Nation agentligining operatsiyalar bo'yicha direktori):
«Madrid» va Vinisius o'rtasidagi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar xuddi romantik komediya trilogiyasiga o'xshardi. Filmlar davomida nizolar, muammolar yuzaga keladi... Ammo biz hammamiz buning qanday yakunlanishini bilamiz: katta o'pich va umumiy baxt bilan.
Vinisius klubni tark etishni xohlaganmi? So'nggi 20-30 yil ichida «Real Madrid» safida to'p surgan barcha futbolchilarning tarixiga qarang. Ularning hech biri ketishni istamagan»