Vinisius Juniorning sport formasi va vazni tanqid ostida
Vinisius Juniorning hozirgi holati va ortiqcha vazni haqida jurnalistlar o'z fikrlarini bildirishdi.
📰 R. Martin (jurnalist AS):
Vinisiusning muammolari shunchaki yomon sport formasidan tashqariga chiqib ketdi. U bilan nimadir noto'g'ri va bu maydondagi har bir harakatida sezilib turibdi. Vinisiusga o'ziga bo'lgan ishonch yetishmayapti. Umid qilamizki, bu shunchaki omadsiz davr va u vaziyatni o'nglay oladi
📻 Gal'yego (jurnalist Cadena SER):
Vinisius 2 kg yoki undan ham ko'proq vazn tashlashi kerak — «Madrid»da buni bilishadi. Aynan shu ikki kilogramm braziliyalik futbolchining eng yaxshi davrlarida yo'q edi