Alfajo Sisse Italiya terma jamoasida o'ynashga qaror qildi
Milan futbolchisi Alfajo Sisse Italiya terma jamoasida o'ynashga qaror qildi va Gvineya taklifini rad etdi.
Alfajo Sisse Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi 🫡
"Milan" futbolchisining mavsumdagi ajoyib starti bosh murabbiy Roberto Manchini e'tiborini tortdi. Mutaxassis futbolchining muvaffaqiyatlarini kuzatib borish va uni kelgusida Italiya asosiy terma jamoasiga jalb qilish niyatida. Hozircha yosh iqtidor egasi U-21 jamoasida tajriba orttirishda davom etadi. Agar u o'yin darajasini shu tarzda yuqori saqlab qolsa, asosiy tarkibga chaqiruv haqiqatga aylanishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, avvalroq Alfajo Sisse Gvineya terma jamoasidan tushgan taklifni rad etgan.