Iago Aspas: «Barselona» darajasiga chiqishni istaymiz»
«Selta» hujumchisi Iago Aspas «Barselona»ning o'yin uslubi va natijalariga havas qilayotganini yashirmadi.
🗣️ Iago Aspas — «Selta»ning «Yuventus»ga qarshi o'yini oldidan:
Barchamiz «Barselona» o'rnida bo'lishni istardik: safar o'yinlariga borib, ular seshanba kuni qilganidek 4:1 hisobida g'alaba qozonishni.
Ammo hamma ham bunday resurslar va futbolchilarga ega emas. Umid qilamanki, bir kun kelib biz ham shunday natijaga erisha olamiz.