Ibrohim Diakite «Parij» futbolchisiga aylanadi
18 yoshli maliyalik yarimhimoyachi Ibrohim Diakite «Parij» FK bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirgan.
Ibrohim Diakite (18 yosh) – «Parij» FK o'yinchisiga aylanadi, shartnoma 3 yilga mo'ljallangan ✍️ — Marc Mechenoua 📰
Maliyalik universal yarimhimoyachi o'z o'yini bilan Yevropaning bir qator klublari e'tiborini tortib ulgurdi. «Parij» yosh iqtidorlarni rivojlantirish kursini davom ettirib, Ibrohim Diakiteni o'z safiga qo'shib oldi. 2008-yilda tug'ilgan, Bamakodagi JMG akademiyasida tarbiya topgan maliyalik yarimhimoyachi ayniqsa Qatarda bo'lib o'tgan U17 jahon chempionatida Mali o'smirlar terma jamoasi tarkibida yorqin o'yin ko'rsatdi.
U xalqaro maydonda Mali o'smirlar terma jamoalari tarkibida o'zini ko'rsatib ulgurgan. Unga «Lill» va «Monako» tomonidan qiziqish bildirilgandi.
Uning nomzodi transfer bozorida e'tiborsiz qolmadi. O'yinchiga «Fenerbaxche», «Olimpik Marsel», «Lill», «Monako» va hatto «RB Zalsburg» qiziqish bildirgan, 2026-yilning yozida esa u Belgiyaning «Antverpen» klubida ko'rikdan ham o'tgan edi.