Atletiko Madrid Ibrohim Maza transferiga qaytmoqchi
«Atletiko Madrid» «Bayer»ning 20 yoshli yarim himoyachisi Ibrohim Maza transferiga qaytmoqchi. Narx 70 million yevroga yaqin, «Leverkuzen» esa yangi shartnoma tayyorlayapti.
GOAL xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» «Bayer»ning yarim himoyachisi Ibrohim Maza variantiga qaytishga tayyor.
20 yoshli futbolchining narxi taxminan 70 million yevroni tashkil etishi mumkin, biroq «Leverkuzen» uni qo'yib yubormoqchi emas va allaqachon maoshi oshirilgan yangi shartnoma ustida ishlayapti.