Rafael Leau «Milan»da qolishni istamoqda
Rafael Leau katta pullar evaziga «Milan»dan ketishni istamayapti. Uning yagona orzusi — Premer-liga.
Rafael Leau katta pullar evaziga «Milan»ni tark etishni istamayapti.
Il Giornale xabariga ko'ra, uning yagona orzusi — Premer-liga. Agar APLning top-klubidan taklif tushmasa, portugaliyalik futbolchi kelasi mavsumda ham «Milan»da qolishga tayyor.
«Milan» uchun esa bu bitta narsani anglatadi: transfer bozori yana kutish rejimida. 👀
Klubga hamon himoyachi, qanot futbolchisi va chap oyoqda o'ynaydigan hujumkor yarim himoyachi kerak. Nomzodlar orasida Mattias Sule ham bor.
Leau qoladimi yoki baribir Angliyani kutadimi? 🤔