Argentina Messining xayrlashuv o'yinini tashkil etmoqchi
Argentina futbol assotsiatsiyasi Lionel Messi uchun xayrlashuv o'yinini tashkil etishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchi taklifni rad etishi mumkin.
Infobae xabariga ko'ra, Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Lionel Messini milliy jamoaga taklif qilib, vatanida uning xayrlashuv o'yinini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, Leo yaqinda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgani sababli bu taklifni rad etishi kutilmoqda.