Kalvin Remzi «Sent-Mirren»ga o'tmoqda
Kalvin Remzi «Liverpul»ni tark etib, ijara asosida «Sent-Mirren» safiga borib qo'shiladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
Kalvin Remzining «Liverpul»dagi faoliyati yakunlanmoqda. Futbolchi 4 yil davomida asosiy tarkibdan joy ololmadi va rasmiy o'yinlarda bor-yo'g'i 184 daqiqa maydonda harakat qildi.
James Pearce xabariga ko'ra, Kalvin Remzi ijara asosida «Sent-Mirren»ga o'tishga tayyorlanmoqda. Bu himoyachining «Liverpul»dagi faoliyatiga amalda nuqta qo'yadi, chunki uning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga yetadi.