#Jare — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Jare o'z o'yini haqida: "Hali ko'p ishlashim kerak"

Jare o'z o'yini haqida: "Hali ko'p ishlashim kerak"

Liverpul himoyachisi Jare o'z o'yini va jamoa g'alabasi haqida fikr bildirdi.

Jare o'z o'yini haqida kamtarona fikr bildirdi:

Shubhasiz, himoyachi sifatida darvozani daxlsiz saqlab qolishdan yaxshiroq narsa yo'q. Ustiga-ustak o'yin oxirida g'alaba qozonish ham bor. Men bundan faqat xursand bo'lishim mumkin.

Ammo o'z o'yinimdan qoniqdimmi? Yo'q!

Hujum fazasidagi ikki-uchta vaziyat haqida o'ylayapman, o'sha joylarda pas berishda ancha yaxshiroq harakat qilishim mumkin edi.

Asosiy tarkib futbolchisiga aylanamanmi yoki yo'q, bu haqda mulohaza yuritmoqchi emasman. Men shoshilmayapman va ishlashda davom etyapman.

Mendan o'ynashimni so'rashmoqda, ko'rsatmalar berishmoqda va men ularni bajarishga harakat qilyapman. Boshimni yo'qotmaslikka intilyapman.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.