Crystal Palace murabbiylar shtabini yangi mutaxassislar bilan kuchaytirdi
Jastin Kokreyn, Kris Xeslem va Bernardo Kueva Crystal Palace murabbiylar shtabiga qo'shilishdi.
Rasman.
Jastin Kokreyn, Kris Xeslem va Bernardo Kueva Tomas Frankning murabbiylar shtabiga qo'shilishdi. 👨🏫
Jastin Kokreyn bosh murabbiyning asosiy yordamchilaridan biri sifatida ish boshladi. Uning vazifalariga mashg'ulotlarni rejalashtirish va o'tkazish, futbolchilarning individual rivojlanishi hamda o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish kiradi.
Kris Xeslem jismoniy tayyorgarlik va sport samaradorligi bo'yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi. Uning zimmasiga futbolchilarning jismoniy holati, yuklamalarni nazorat qilish, jarohatlarning oldini olish, reabilitatsiya va safga qaytarish masalalari yuklatilgan.
Bernardo Kueva birinchi jamoa bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini egalladi va uning vakolatlari kengaytirildi. U umumiy mashg'ulot jarayoni va taktika, standart vaziyatlar ustida ishlash, tahlil hamda o'yinlarga tayyorgarlik bilan shug'ullanadi.
Kueva faqat standart vaziyatlar bilan shug'ullanishdan ko'ra, kengroq vakolatlarga ega bo'lishni istagan. Aynan shu sababli u "orlar"ni tanladi (rahmat, Tomas Frank). 🧐