Hull City olti nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
«Hall Siti» klubi olti nafar futbolchisi bilan shartnomalarni uzaytirdi. Yangi kelishuvlar 2028 va 2029-yillarga qadar mo'ljallangan.
O'tgan tunda «Hall Siti» klubi olti nafar futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilganini rasman e'lon qildi:
🤩 Regan Sleyter klub bilan 2029-yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
🤩 O'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi Oliver MakBerni 2029-yil yoziga qadar shartnomasini uzaytirdi.
🤩 Charli Xyuz 2029-yil yoziga qadar klubda qoladigan bo'ldi.
🤩 Mohamed Bellumi ham 2029-yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomani imzoladi.
🤩 Jamoa yetakchilaridan biri Jon Igan ham safda qoldi va 2028-yil yoziga qadar shartnoma imzoladi.
🤩 Tinib-tinchimas Mett Kruks ham chetda qolmadi, uning shartnomasi 2028-yil yoziga qadar uzaytirildi.
ℹ️ Barcha yangi shartnomalarda bitimni yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi ko'zda tutilgan.