Nyukasl ayni damda Brayton darvozaboni Karl Rashvort bilan muzokaralar olib bormayapti. Lee Ryder xabariga ko'ra, klub boshqa variantlarni ko'rib chiqmoqda.
🚨 "Nyukasl" ayni damda "Brayton" darvozaboni Karl Rashvort bilan muzokaralar olib bormayapti.
Darvozabon "qarg'alar"ga taklif qilingan, ammo klub Aaron Ramsdeyl transferidan voz kechganidan so'ng, ushbu pozitsiyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko'rib chiqishda davom etmoqda.
Karl Rashvort APL tarixida o'z jamoasining mavsumdagi ilk goliga assistentlik qilgan ikkinchi darvozabon bo'ldi.
Karl Rashvort APL tarixida o'z jamoasining mavsumdagi ilk goliga assistentlik qilgan ikkinchi darvozabon bo'ldi! Angliyalik posbon 1992/93-yilgi mavsumda birinchi tur doirasidagi bahsda Mark Xyuzga golli uzatma amalga oshirgan Peter Shmeyxelning natijasini takrorladi.
Karl Rashvort «Koventri Siti»ga o'tishi yakunlandi. Transfer qiymati 25 mln funt va bonuslarni tashkil etadi. Frenk Lempard transferda muhim rol o'ynadi.
Josh Harriott xabariga ko'ra, Karl Rashvortning «Koventri Siti»ga o'tishi yakunlandi.
Transfer summasi 25 million funtni tashkil etadi, shuningdek, 7 million funt bonus va kelajakdagi sotuvdan ma'lum bir foiz ham ko'zda tutilgan.
Karl har doim faqat «Koventri» safida o'ynashni istagan va «Nyukasl» hamda «Aston Villa»dan tushgan takliflarni rad etgan.
Karlning avtomobili klub mashg'ulot bazasi tizimidan ham o'chirilmagan.
Frenk Lempard bu borada asosiy rolni o'ynadi. Rashvort aynan uning qo'l ostida to'p tepishni xohlagan.
Rasmiy e'lon kelasi haftada kutilmoqda.
❗️Ruben Loftus-Chik bilan muzokaralar tez orada boshlanadi.