Karlos Kuesta "Parma" bosh murabbiyligidan ketdi
Karlos Kuesta "Parma" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etildi. Tomonlar hamkorlikni to'xtatishga qaror qilishdi.
Karlos Kuesta endilikda "Parma" asosiy erkaklar jamoasi bosh murabbiyi emas. Klub va murabbiy o'rtasidagi ichki muhokamalardan so'ng, tomonlar professional munosabatlarni davom ettirish uchun asoslar qolmagani, ayniqsa sport loyihasini rivojlantirish borasida kelishuvga erisha olmagani haqida klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Parma"ning navbatdagi o'yini safarda "Inter"ga qarshi bo'lib o'tadi.