Karlos Makallister: «Real» hech qachon biz bilan bog'lanmagan
Aleksis Makallisterning otasi «Real» hech qachon ular bilan bog'lanmaganini aytdi va «Liverpul» bilan shartnoma masalasiga izoh berdi.
«Real» vakillari Aleksis borasida biz bilan hech qachon bog'lanmagan — uning professional faoliyatining hech bir bosqichida.
«Liverpul» bilan shartnomani uzaytirish haqida:
Aleksis umidsizlikka tushgani yo'q. Bu klubning qarori va biz unga hurmat bilan qaraymiz. Hozircha kutib turamiz va vaziyat kelajakda qanday rivojlanishini ko'ramiz.