Bavariya bosh skauti Nils Shmadtke ishdan bo'shatilishi mumkin
Bavariya bosh skauti Nils Shmadtke lavozimidan ketishi mumkin. Uning o'rniga Manchester Yunayted vakili Kristofer Vivell nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
❌ Bavariya bosh skauti Nils Shmadtke ishdan bo'shatilish arafasida turibdi.
ℹ️ Shmadtke 2024-yil kuzida Maks Eberl tomonidan klubga taklif qilingan va uning eng yaqin ishonchli odamlaridan biri hisoblanadi.
👀 Eberlga yaqinda so'nggi paytlarda ichki tanqidlarga uchrayotgan Shmadtke bilan xayrlashishi kerakligi ma'lum qilingan.
🔖 Kristofer Vivell Shmadtke o'rniga nomzod sifatida ko'rilmoqda. Hozirda Vivell Manchester Yunayted skautlik bo'limini boshqaradi. Uning shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo'ljallangan.
📰 Kessler Philipp