Zeyvier Gozo: «Real Solt-Leyk»dan APLgacha bo'lgan yo'l
Zeyvier Gozoning «Real Solt-Leyk» akademiyasidan «Kristal Pelas» va AQSH terma jamoasigacha bo'lgan faoliyati haqida.
📰 Zeyvier Gozo bilan yaqinroq tanishamiz, u haqida bir nechta faktlar:
• Gozo o'zining katta akasi izidan borib, 14 yoshida «Real Solt-Leyk» akademiyasiga qabul qilingan. Ikki yil o'tib, 2023-yilning 15-oktyabrida u MLSda debyut qildi. 🤩
• O'n oltita o'yin: MLSning joriy mavsumida Zeyvier hisobida oltita gol va to'rtta golli uzatma mavjud. Bu ko'rsatkichlar uning «Yulduzlar o'yini»ga taklif etilishi va «Kristal Pelas» e'tiborini tortishi uchun yetarli bo'ldi. ⚽️
• «Burgutlar» yosh amerikalik futbolchini Janubiy Londonga, vatandoshi Kris Richardsning yoniga olib kelishdi. Gozoning o'zi Premyer-ligadagi debyutini 28-avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda o'tkazdi.
• Keyinchalik Zeyvier o'z jamoadoshiga milliy terma jamoa safida ham qo'shiladi va sentyabr-oktyabr oylarida Peru, Chili, Meksika hamda Kanada terma jamoalariga qarshi bahslarda ishtirok etadi. 👏
Karyerasidagi shiddatli o'sish. Umid qilamizki, bundan keyin hammasi yanada yaxshi bo'ladi! 🙏