The Athletic jurnalisti Tom Bogert xabariga ko'ra, Zeyvier Gozo "Kristal Pelas"ga o'tish uchun Londonda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
The Athletic jurnalisti Tom Bogert xabariga ko'ra, Zeyvier Gozo bugun Londonda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. U "Real Solt-Leyk"dan "Kristal Pelas"ga o'tishini yakunlamoqchi. 🚨
Transfer summasi 15 million dollarni tashkil etadi va u yangi jamoasi bilan mavsumoldi yig'inlariga qo'shiladi. 💵
Zeyvier Gozo "Kristal Pelas"ga o'tishga yaqin. "Real Solt Leyk" futbolchiga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat berdi.
"Real Solt Leyk" klubi Zeyvier Gozoga Premer-ligaga o'tishdan oldin "Kristal Pelas"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat berdi.
The Telegraph muxbiri Mayk MakGrat xabariga ko'ra, "burgutlar" 19 yoshli vinger uchun kurashda Angliya va Yevropaning boshqa klublarini ortda qoldirmoqda.
Zeyvier Gozo MLSdan Premyer-ligaga o'tishi va o'z rivojlanishi haqida fikr bildirdi.
🎙️ | Zeyvier Gozo:
🗣️ | «Siz MLS'dan Premer-ligaga o'tib, darrov "Oltin butsa"ni yutib olishni yoki liganing eng yaxshi futbolchisi bo'lishni kutmaysiz. Men uchun bu shunchaki rivojlanish masalasi edi».
«Men Amerikadagi jamoamning eng yaxshi o'yinchilaridan biri maqomidan jamoaning eng yomon o'yinchisi maqomiga o'tyapman. O'ylashimcha, doimo yangi narsalarga intilish va boshqa cho'qqilarni zabt etish men uchun har doim foydali».
Zeyvier Gozo «Kristal Pelas»ga o'tganidan xursandligini bildirdi. Klub raisi Stiv Perish ham futbolchini iliq kutib oldi.
🎙️ Zeyvier Gozo:
🗣️ «Men Premer-ligada «Kristal Pelas» safida o'ynashni intiqlik bilan kutyapman. Bu har qanday futbolchining orzusi».
«Meni odamlar va ular bu yerda amalga oshirayotgan loyiha ilhomlantiradi. Men ko'p narsani ko'rganman va aynan shu narsa meni ushbu klubda quvontiradi: ularning muvaffaqiyatlari».
🎙️ Rais Stiv Perish:
🗣️ «Bunday iqtidorli yosh yigitni «Kristal Pelas» futbol klubida kutib olish juda yoqimli».
«Zeyvier Janubiy Londonda bo'lgan vaqti davomida biz bilan birga nimaga erisha olishini intiqlik bilan kutyapman».