Roma Martinelli transferi bilan qiziqmoqda
Lorenso Konikkio xabariga ko'ra, "Roma" sport direktori D'Amiko "Arsenal" vingeri Martinellini o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Lorenso Konikkio xabariga ko'ra, "Roma" sport direktori D'Amiko qanot hujumchisi pozitsiyasi uchun "Arsenal" futbolchisi Martinelli variantini ko'rib chiqmoqda.
"Roma" uchun asosiy maqsad Anton Nusa hisoblanadi, biroq klub braziliyalik futbolchiga ham qiziqish bildirmoqda. Martinelli joriy transfer oynasi davomida "jallorossi" bilan bog'lanayotgan birinchi futbolchi emas.