Vauter Gus: Maydon ichida raqibni ruhiy tomondan sindirishga harakat qilaman
Vauter Gus maydondagi ruhiy bosim va Lyuk de Yongga qarshi o'yinlari haqida gapirib berdi.
Vauter Gus:
"Yoshlar turnirlarida o'ynab yurgan kezlarimdayoq doim raqibim haqida o'ylardim: qanday qilib u gol urmasligini ta'minlash mumkin? Qanday qilib uni yomon o'yin ko'rsatishga majbur qilish kerak? Bu yondashuvni butun faoliyatim davomida saqlab qoldim".
"Raqib juda yomon o'ynayotgan paytda uning qulog'iga: 'Bugun to'p senga umuman yetib bormaydi, to'g'rimi?' deb aytish menga yoqadi. Shunga o'xshash gaplar. Bu biroz hissiyotlarga asoslangan. Lekin teskarisi ham bo'ladi: agar hujumchini to'xtata olmasang, boshqa yo'llarni izlay boshlaysan. Ba'zida hissiyot bilan nimadir deysan. Aslida bunda g'ayritabiiy narsa yo'q".
"Bir safar Lyuk de Yongga qarshi o'ynagandim. U yonimda turib, shunchaki ustimdan kulardi. Men esa: 'Nahotki, bu umuman ma'nosiz', deb o'yladim. De Yong men qarshi o'ynagan eng kuchli hujumchilardan biri. Uni qo'riqlashning iloji yo'q. Men undan ko'p narsani o'rgandim".