Maksvell: Lamin Yamal «Oltin to'p»ga da'vogarlardan biri
Maksvell Lamin Yamalning o'yini va uning «Oltin to'p»ga da'vogarligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Maksvell Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Lamin futboldan juda katta zavq olmoqda. U improvizatsiya qiladi, vaziyatlar yaratadi va doimo yangi narsalarni o'ylab topadi.
Uning o'yinidan maydonda, jamoada va «Barselona»da o'zini qanchalik qulay his qilayotgani ko'rinib turibdi.
Shubhasiz, u «Oltin to'p»ga da'vogarlar qatoriga kiradi.
U o'zining yuqori saviyasini Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida ko'rsatib bo'ldi, endi esa «Barselona»dagi o'yini bilan barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda».