#Manuel Parlato — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Antonio Vergara nega maydonga tushmadi? Massimiliano Allegri va jurnalist o'rtasidagi bahs

Antonio Vergara nega maydonga tushmadi? Massimiliano Allegri va jurnalist o'rtasidagi bahs

Massimiliano Allegri Antonio Vergaraning nega maydonga tushmaganini izohladi, biroq jurnalistlar murabbiyning fikriga qo'shilishmadi.

⁉️Nega Florensiyada Antonio Vergara umuman o'ynamadi?

🎙Matbuot anjumanida Massimiliano Allegri buni shunday izohladi:

Vergara zaxira o'rindig'ida qoldimi? U bizga yordam berishi mumkin edi, ammo men fikrimdan qaytdim.

☝️Biroq SportItalia jurnalisti Manuel Parlato murabbiy bilan bahsga kirishdi:

Biz doimo yosh o'yinchilarga ishonch kerakligini, ular o'ynashi kerakligini aytamiz, ammo Vergara hatto charchagan De Bryuyne o'rniga ham maydonga tushmayapti.

Allegri javob berdi:

Hozir mulohaza yuritish oson. Agar Vergara maydonda bo'lganida qarshi hujumda gol o'tkazib yuborganimizda nima bo'lardi? O'sha vaziyatda men De Bryuyne biror narsa o'ylab topishi mumkin deb o'yladim, ayniqsa jamoalar charchaganini hisobga olsak.

🤷‍♂️Sinor Allegrining javobi unchalik ishonarli chiqmadi. Aslida «Napoli» mag'lubiyatga uchrash xavfi ostida qolgan edi, chunki aynan charchagan De Bryuynening qo'pol xatosi tufayli «Fiorentina» qarshi hujum uyushtirdi va faqat Milinkovich-Savichning aqlbovar qilmas seyvi «adzurri» darvozasini saqlab qoldi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.