Dortmund qanot himoyachisi izlamoqda
Dortmundning «Borussiya» klubi transfer oynasi yopilishidan oldin o'ng qanot himoyachisini izlamoqda. Nomzodlar orasida Ektor Fort va Josh Achempong bor.
Transfer oynasi yopilishidan oldin Dortmundning «Borussiya» klubi o'ng qanot himoyachisini izlamoqda. Klub rahbariyati ijara yoki iqtisodiy jihatdan qulay variantlarni ma'qul ko'rmoqda.
Potensial transfer «Dortmund»ning yaqin haftalar ichida boshqa sotuvlardan qo'shimcha mablag' ishlab olishiga ham bog'liq bo'lishi mumkin.
Sky Sport xabariga ko'ra, BVB ayniqsa Ektor Fortni diqqat bilan kuzatmoqda. «Barselona»ga tegishli bo'lgan 20 yoshli o'ng qanot himoyachisi o'tgan yili «Elche»da ijarada o'ynagan va u «Dortmund»ga o'tishdan mamnun bo'lardi. «Dortmund» va «Barselona» o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib borilmoqda.
Fortdan tashqari, BVB «Chelsi» vakili Josh Achempongni ham ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, «Torino» futbolchisi Markus Pedersen ham «Dortmund»ga taklif qilingan.
Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. «Dortmund» bir nechta ssenariyni ko'rib chiqmoqda va ham moliyaviy, ham sport nuqtai nazaridan eng yaxshi yechimni topishga intilmoqda.