Martin Kioun: «Arsenal» uchun «Manchester Siti»ga qarshi o'yin muhim ahamiyatga ega
Martin Kioun «Arsenal»ning «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi doirasidagi o'yini haqida fikr bildirdi.
Martin Kioun «Arsenal»ning «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi doirasidagi o'yini haqida fikr bildirdi:
Bu mavsum oldidan o'ziga xos bosh mashg'ulot hamdir. O'ylashimcha, bunday bahs ma'lum bir ustunlik beradi, chunki birinchi tur oldidan doimo bosim yuqori bo'ladi, bu yerda esa uni oldindan kamaytirib olish mumkin. Bizning davrimizda, agar «Manchester Yunayted»ni mag'lub etsak, Aleks Fergyuson bu hech narsani anglatmasligini va ahamiyati yo'qligini aytardi.
Ammo agar ular g'alaba qozonsa, bu ular chempion bo'lishini anglatardi. Shuning uchun, albatta, siz bu sovrin bilan suratga tushishni xohlaysiz. «Arsenal»ning dastlabki besh-olti o'yini juda qiyin. Shu bois, o'ylashimcha, jamoaga ishonch bag'ishlash uchun bu o'yinda g'alaba qozonish kerak. Ba'zi yigitlar faqat dushanba kuni, ya'ni o'yinga olti kun qolganda qaytishdi. Odatda sizda to'rt haftalik ta'til, keyin esa yana ikki haftalik mashg'ulot bo'ladi.
Shu bilan birga, siz baribir mustaqil shug'ullanishingiz kerak. Zamonaviy futbolda professional futbolchi deyarli ishdan butunlay uzilib qola olmaydi. U tarixdagi eng buyuklardan biri. Murabbiylarning ketishi jamoalarga qanday ta'sir qilganini avval ham ko'rganmiz, ammo shunchaki o'z ishingizga e'tibor qaratishingiz kerak. Bu murabbiy aynan shunday qiladi. Ularga qo'rquv bilan o'ynash kerak emas. Endi ular o'zlariga ishonch hosil qilib, raqibga qarshi borishlari, shunchaki chempionlikni himoya qilishga urinmasdan, yana maydonga chiqib, uni yutishga harakat qilishlari kerak.