BILD: «Bavariya» yangi darvozabon izlamoqda
«Bavariya» yangi darvozabon izlamoqda. Asosiy nomzod — «Augsburg» vakili Finn Damen. Noyer va Ulrayx faoliyatlarini yakunlashi mumkin.
BILD xabariga ko'ra, «Bavariya» Urbigning o'rniga yangi dublyor izlamoqda.
Asosiy nomzod — «Augsburg» vakili, 28 yoshli Finn Damen. «Kyoln» darvozaboni Marvin Shvebe ham ro'yxatda bor, biroq u nemis darvozabonidan pastroq o'rinda turibdi.
Manuel Noyer va Sven Ulrayx bo'yicha hozirda faoliyatlarini bir vaqtda yakunlash tendensiyasi mavjud.